Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erkinjon Karimov

Har qanday vaziyatda ham samimiylik muhimdir.

1977-yili Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. 1998-yili Farg‘ona Davlat universitetining matematika fakultetini bitirgan. 2006-yili fizika-matematika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Hozir O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matematika instituti katta ilmiy xodimi. Chet el jurnallarida chop etilgan ilmiy maqolalar reytingi bo‘yicha 2011-yili Fanlar akademiyasining eng yosh faol olimi sifatida mukofotni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2015-yili Butunjahon fanlar akademiyasi («The World Academy of Sciences» — TWAS)ga yosh a’zo sifatida qabul qilingan. O‘ndan ziyod mamlakatda ilmiy safarda bo‘lgan. Qirqdan ortiq ilmiy maqolalari turli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan.

Oilali, 3 ta farzandning otasi.