Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent aeroportida sim-karta sotiladigan savdo nuqtalari tashkil etiladi

Toshkent aeroportida sim-karta sotiladigan savdo nuqtalari tashkil etiladi

«Toshkent» aeroportida sim-kartalar savdosi uchun ijaraga beriladigan joylar E-auksion.uz elektron platformasiga joylashtirdi. deb xabar bermoqda «Uzbekistan Airports» kompaniyasi.

Ijara uchun ajratilgan maydonlar aeroport jo‘nab ketish terminalining ikkinchi qavatidagi B5-B7 va B1-B2 saqlash joylaridan ajratilishi rejalashtirilgan.

Texnik shartlarga ko‘ra, umumiy 4 kv.m maydonda xorijiy uyali aloqa operatorlarining sim-kartalarini sotish uchun ikkita savdo nuqtasi joylashtirilishi ko‘zda tutilgan. Lotlarning yillik boshlang‘ich qiymati – 15,8 mln. so‘mni tashkil etadi.

«Autsionda ishtirok etuvchi kompaniyalar barcha texnik shartlarga mos kelishlari lozim. Ijarachilarga qo‘yiladigan talablar va boshlang‘ich narxlar E-auksion.uz saytida barcha uchun ochiq joylashtirilgan. Kim oshdi savdosi qoidalariga ko‘ra, dastlabki yillik summalar savdo paytida kamida 10 foizga oshishi mumkin», deyiladi xabarda

Eslatib o‘tamiz, shu yil avgust oyida «Uzbekistan Airports» AJ boshqaruv raisi Ra’no Jo‘rayeva ishdan bo‘shatilgan, Javlonbek Umarxodjayev klmpaniya boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring