Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh spotterlar havo bandargohi chegaralarini buzmagan – Uzbekistan Airports

Yosh spotterlar havo bandargohi chegaralarini buzmagan – Uzbekistan Airports

Bir muddat oldin Sergeli tumanida yosh spotterlarning huquq-tartibot organlari tomonidan ushlab ketilgani xabar qilingan edi.

«Uzbekistan Airport» mazkur voqeaga e’tibor qaratib, uning Toshkent shahar Sergeli tumanidagi Qumariq mahallasi hududida sodir bo‘lgani va bolalar havo bandargohi chegaralarini buzmagan holda Toshkent xalqaro aeroporti panjarasi ortida turib samolyotlarni suratga olganini bildirdi.

Kompaniya, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi spotting harakatini qo‘llab-quvvatlashini va yosh avlodni ushbu hobbi bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qilmasligini ta’kidlagan.

«Uzbekistan Airport»ga ko‘ra, yil boshidan buyon Toshkent ayeroporti hududida 30 ga yaqin rejali va rejadan tashqari spotting-turlar tashkil etilib, ularda, jumladan, kuzgi spottingda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar bolalar ham qatnashgan.

Xabar.uz holatga munosabat olish uchun poytaxt IIBB axborot xizmati bilan bog‘landi. Idora vaziyat o‘rganilayotgani va tez orada ma’lumot berilishini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring