Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energetik ichimliklarga alohida aksiz solig‘i solish taklif qilindi

Energetik ichimliklarga alohida aksiz solig‘i solish taklif qilindi

Joriy yil 10-noyabr kuni 2024-yil uchun taklif etilgan Budjetnoma muhokamasida iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2024-yil 1-apreldan tarkibida shakar mavjud bo‘lgan gazlangan ichimliklarning 1 litri uchun 500 so‘m miqdorida aksiz solig‘i solish taklifini bergan edi.

Parlament Quyi palatasi deputati Oltinoy Mamirovaning ta’kidlashicha, taklif etilayotgan aksiz solig‘i kutilgan natija bermaydi.

Uning ta’kidicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bir kunlik shakar iste’moli hajmi 12 osh qoshiqdan oshmasligi kerakligini aytadi. Gazlangan shirin, jumladan, energetik ichimliklarning 330 milligramm hajmidagi tarkibida esa 19 osh qoshiq shakar mavjud.

«Bugungi kunda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida energetik ichimliklarga ruju qo‘yish ortib bormoqda.

Qonun loyihasiga binoan budjetnomada 2024-yil 1-apreldan boshlab tarkibida shakar bo‘lgan 1 litr gazlangan ichimlik uchun 500 so‘m aksiz solig‘i joriy etilyapti. Vaholanki, bozordagi 200 milligramm hajmdagi energetik ichimligining narxi 15 ming so‘m. Qonun kuchga kirishi bilan bu ichimlikka 100 so‘m atrofida qo‘shimcha narx qo‘yiladi. Bu esa energetik ichimliklar iste’molini kamaytirishga mativ bo‘lmasligi mumkin», – deydi deputat.

Mamirovaning bildirishicha, yuqoridagi sabablarga ko‘ra «Adolat» partiyasi fraksiyasi energetik ichimliklar uchun alohida aksiz solig‘i joriy qilishni taklif qilmoqda.

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasini energetik ichimliklar uchun alohida aksiz solig‘i joriy qilish, ya’ni 1 litr energetik ichimliklar uchun 5 ming so‘m aksiz solig‘i belgilashni taklif qiladi», – deydi Oltinoy Mamirova.

O‘z navbatida, Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov ham ushbu taklifga qo‘shilgan va deputatlardan ma’qullab berishlarini so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring