Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2022-yilda 7 ta yangi sement ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi

2022-yilda 7 ta yangi sement ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi

2022-yilda yillik quvvati 6,8 mln. tonnaga teng 7 ta yangi sement ishlab chiqarish zavodlari Andijon, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ishga tushirildi.

Bu haqda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022-2023-yillarda sement ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan investitsion loyihalarning manzilli ro‘yxatiga ko‘ra Andijon viloyatida 2 ta, Jizzax viloyatida 1 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 ta, Navoiy viloyatida 1 ta, Namangan viloyatida 2 ta, Samarqandda 2 ta, Toshkent viloyatida 1 ta, Farg‘ona viloyatida esa 2 ta yangi sement zavodlari barpo etish rejalashtirilgan.

«Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2016-yil yakuni bilan Respublikamizda 8,6 mln tonna sement ishlab chiqarilgan. 2021-yilda 14,2 mln tonna, 2022-yilda esa bu ko‘rsatkich 15,2 mln tonnani tashkil etishi kutilmoqda.

Shu jumladan, mamlakatimizda yuqori markali sement ishlab chiqarishga ham alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, hozirgi kunda sanoat korxonalarida 5 mln tonnadan ortiq yuqori markali sement ishlab chiqarish imkoniyati mavjud», – deydi Jamshid Shermetov.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda respublika bo‘yicha sement ishlab chiqarish quvvatlari 27,1 mln.tonnani tashkil etadi.

2022-yilning o‘tgan 10 oy davrida 9,5 mln. dollarlik sement eksport qilinib (import hajmi 1,9 mln tonna), birja savdolari orqali 6 mln 37 ming tonna sement sotilishi ta’minlangan.

Shuningdek, joriy yil 1-choragida tabiiy gaz tanqisligi kuzatilgani bois ushbu davrda 1,8 mln tonna sement ishlab chiqarilmagani aytildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring