Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherobodda yana bir sement zavodiga tamal toshi qo‘yildi

Sherobodda yana bir sement zavodiga tamal toshi qo‘yildi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Sherobod tumanining Ko‘hitang qishlog‘ida Janubiy Koreyaning NCG Engineerring Co. Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan yirik sement zavodiga ilk tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qilib o‘tdi.

Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov hamda NCG Engineerring Co. Ltd. kompaniyasi bosh direktori Jang Il Kveon ishtirok etdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xorijiy davlatlar bilan o‘rnatilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishi mavjud xom ashyo resurslarini o‘zlashtirish, yangidan-yangi yirik sanoat korxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Loyiha qiymati 170 million dollar bo‘lgan zavod ishga tushgach, yiliga 1 million tonna sifatli portland sement ishlab chiqariladi.

Korxona mahsulotlari ichki bozor talbalarini to‘ldildirish bilan birga xorijga ham eksport qilinadi. Korxonada 400dan ortiq mahalliy aholining bandligi ta’minlanadi.

Nafaqat Surxondaryo viloyati, balki, mamlakatimiz iqtisodiyotida alohida o‘rin tutadigan ushbu yirik sement zavodi 2021 yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring