Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekkino» MAda rossiyalik mashhur rejissyor bilan uchrashuv tashkil etildi

«O‘zbekkino» MAda rossiyalik mashhur rejissyor bilan uchrashuv tashkil etildi

Bugun «O‘zbekkino» Milliy agentligida rejissyor, aktyor va ssenarist Janik Fayziyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, rejissyor Muhammadali Iskandarov hamda yoshlar ishtirok etishdi. Uchrashuv avvalida «Men terrorchi emasman» filmi namoyish etildi. So‘ngra Janik Fayziyev film haqida o‘z fikrlarini bildirib, kinokartinaning yutuq va kamchiliklari haqida gapirdi. Shuningdek, u rejissyor bo‘lish niyatida yurgan yoshlarga rejissyorlik va aktyorlik san’atini o‘rganish, yetuk kinomutaxassis bo‘lib yetishishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha maslahatlar berdi.

Agentlik tomonidan yoshlar uchun ekskursiyalar, mahorat darslari, kastinglar tashkil etila boshlandi. Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolanmoqda. Bugungi uchrashuv xam yosh kinoijodkorlarga yanada kuch va shijoat bag‘ishladi.

«O‘zbekkino» Milliy agentligi Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring