Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozarbayjonda «O‘zbekiston kinosi kunlari» bo‘lib o‘tadi

Ozarbayjonda «O‘zbekiston kinosi kunlari» bo‘lib o‘tadi

Foto: «Novosti.az»

2019-yilning 17-24-noyabr kunlari Ozarbayjonda «O‘zbekiston kinosi kunlari» haftaligi bo‘lib o‘tadi. «O‘zbekkkino» milliy agentligi xabariga ko‘ra, haftalikda 10 ta (6 ta badiiy, 4 ta hujjatli) o‘zbek filmi namoyish etiladi.

«O‘zbekiston kinosi kunlari»ni o‘tkazish rejasi joriy yilning 21-28-sentyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilgan «Ozarbayjon kinosi kunlari» haftaligida kelishilgan edi.

Ozarbayjonlik kinomuxlislarga Abduxalil Mignorovning «Abu Iso Muhammad Termiziy», Umid Hamdamovning «Issiq non», Zulfiqor Musoqovning «Berlin-Oqqo‘rg‘on», Hilol Nasimovning «Hayot» kabi badiiy filmlari taqdim qilinadi.

O‘zbek va ozarbayjon xalqlarining madaniyati, tili, qadriyatlari bir-biriga o‘xshaydi. O‘zbek tomoshabinlari «Qaynona», «Arshin mol olon», «Ahmad qayerda?» kabi ozarbayjon filmlarini haligacha zavq bilan tomosha qiladi. Sentyabrda bo‘lib o‘tgan «Ozarbayjon kinosi kunlari» tadbiri davomida o‘zbek tomoshabinlari ozarbayjonlik kinoustalarining yangi filmlari bilan tanishishgan bo‘lsa, Ozarbayjonda bo‘layotgan «O‘zbekiston kinosi kunlari» haftaligida qardoshlarimiz shunday imkoniyatga ega bo‘lishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring