Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oskar mukofotiga tavsiya etilgan o‘zbek filmi nomi ma’lum bo‘ldi

Oskar mukofotiga tavsiya etilgan o‘zbek filmi nomi ma’lum bo‘ldi

Shu yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Oskar qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tomonidan sayyoramizning nufuzli mukofotining «Eng yaxshi xalqaro badiiy film» nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Fox music cinema» studiyasi tomonidan suratga olingan Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi tanlandi.

25-noyabrgacha kartina film mualliflari tomonidan tegishli tartibda O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasiga taqdim etilishi zarur.

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmida o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko‘rsatgan ta’siri bir oila misolida ochib beriladi. Yuz berayotgan voqea-hodisalarga e’tibor bermay, odamlardan narida uch nafar xotini bilan umrguzaronlik qilayotgan Komil to‘rtinchi bor uylanadi. Yangi ayolning oilaga kirib kelishi bilan bog‘liq ba’zi mojarolar va hududdagi siyosiy ahvol xonadonning parokanda bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Ssenariy muallifi va rejissyor Yolqin To‘ychiyev, postanovkachi operator Bahodir Yo‘ldoshev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, film direktori Shavkat Rizayev.

Rollarda Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona O‘ljayeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Xojiquliyeva va boshqalar.

93-Oskar taqdirlash marosimi 2021-yilning 25-aprel kuni Los-Anjeles shahrining mashhur «Dolby» teatrida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring