Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmining katta premerasi bo‘lib o‘tdi

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmining katta premerasi bo‘lib o‘tdi

Foto: O‘zbekkino

Kuni kecha «Fox music cinema» studiyasi tomonidan suratga olingan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmining katta premerasi bo‘lib o‘tdi.

Premera davomida«O‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan film rejissyori va ijodiy guruhga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yolqin To‘ychiyevning ushbu «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» badiiy filmi «Moskva premerasi» xalqaro festivalida Gran-pri mukofotini qo‘lga kiritgan, «Oltin globus» sovrinining «Eng yaxshi xorijiy film» nominatsiyasiga hamda nufuzli Oskar-2020 sovrini uchun tavsiya etilgan.

Filmda o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealar, Chor Rossiyasining qulash davri, sovetlarning mintaqani egallashga urinishi, shuningdek bosmachilik harakatlari avj olgan davrda asli buxorolik Komil dodho va uning oilasi taqdiri haqda so‘z boradi.

Filmda Bahrom Matchonov, Ilmira Rahimjonova, Yulduz Rajabova, Marjona O‘ljayeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Hojiquliyeva, Egamberdi Rahimov o‘ziga xos rollarni ijro etishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring