Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Oskar»: Amerika kinoakademiyasi «erkak» va «ayol»lardan voz kechmaydi

«Oskar»: Amerika kinoakademiyasi «erkak» va «ayol»lardan voz kechmaydi

Foto: «Ivi»

AQSh Kinoakademiyasi erkak va ayol aktyorlar uchun «Oskar» mukofotlarini topshirishda davom etadi. Bu haqda «RIA Novosti» Kinoakademiya vakiliga asoslanib xabar berdi.

Kinoakademiya vakiliga ko‘ra, mukofotlash tartibi o‘zgartirilmasligi rejalashtirilgan. «Tug‘ilayotgan mubohasalarga diqqatli bo‘lgan holda o‘z a’zolarimiz (fikri)ga quloq tutamiz», — dedi Kinoakademiya vakili.

Eslatib o‘tamiz, Berlin xalqaro kinofestivali (Berlinale) tashkilotchilari 2021-yilda «Eng yaxshi aktyorlik ishi uchun kumush ayiq» hamda «Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyorlik ishi uchun kumush ayiq» mukofotlarini ayol-erkakka ajratmasdan «bitta qilib» topshirishini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring