Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angrenda 2 ming yildan ziyod avvalgi tarixga oid skelet va sopol qoldiqlari topildi

Angrenda 2 ming yildan ziyod avvalgi tarixga oid skelet va sopol qoldiqlari topildi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Joriy yilning 23-aprelida Angren shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro F.Normatov o‘zining yashab turgan uyi hovlisida qadimiy qabr borligini bilib qoladi. Shu xususida u 30 aprelda Angren shahar tarixi muzeyiga xabar beradi.

Muzey xodimlari hovliga kelib, qabrni ko‘zdan kechirishadi. M.Begmuradova, Sh. Ro‘zmatov, O‘. Shodiyeva, M. Izatillayeva, M.Djurayeva, M.Elmurodovlar va Madaniy meros departamenti bo‘lim boshlig‘i A. Yorqulov hamda Toshkent viloyati madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i M.Isroilov ishtirokida qazilma ishlari olib boriladi. O‘rganish xulosasiga ko‘ra, ushbu qabr Qovunchi madaniyatiga taalluqliligi, ya’ni u miloddan avvalgi 3, milodning 3-4 asrlariga tegishli ekanligi qayd etildi. Qabrdan o‘sha davrda yashagan odamlarning suyak qoldiqlari (2 ta skelet) va 5 xil turli hajm va shakldagi sopol buyumlar qazib olindi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, sopol buyumlardan biri – ko‘zachaning dastasi qo‘chqor shoxidan ishlangan. Topilmalarni o‘rganish jarayonida ulardan Qovunchi madaniyati davrida yashagan ajdodlarimiz ro‘zg‘or va xo‘jalik ishlarida foydalanganligi hamda buyumlarda o‘sha davrdagi diniy dunyoqarash xususiyatlari mavjudligi haqidagi xulosaga kelindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring