Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi Angren IESga 1 milliardlik kompensatsiya to‘lovlari hisoblandi

Yangi Angren IESga 1 milliardlik kompensatsiya to‘lovlari hisoblandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangi Angren IES bilan bog‘liq aks etgan murojaat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan.

«Yangi Angren IESda mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tekshirish davomida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalar belgilangan me’yorlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga, chang gaz tozalash uskunalari (filtirlari) samaradorligi 80 foizga tushib ketganligi ma’lum bo‘ldi», deyiladi xabarda.

Mazkur holat bo‘yicha atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirganligi uchun 887 million, sanoat chiqindilarini belgilanmagan joyga joylashtirganligi uchun 116 million, jami 1 milliard 3 million so‘m kompensatsiya to‘lovlari hisoblangan.

 «Bundan tashqari 11 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilindi. Shuningdek, atmosfera havosini ifloslanishini oldini olish bo‘yicha chang gaz tozalash uskunalarini ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi», deyiladi Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring