Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Koronavirus bamisli uch pardali sahna asari: hozir ikkinchi qismidamiz, hali uchinchisi ham bor...»

«Koronavirus bamisli uch pardali sahna asari: hozir ikkinchi qismidamiz, hali uchinchisi ham bor...»

Foto: «Torontosun.com»

Amerikalik shifokor Chad Krilich hukumat va mamlakat aholisi zarur choralarni ko‘rmasa, koronavirusga chalinishlar soni yana-da ko‘payishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda u «Deutsche Welle»ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Mutaxassis may oyining oxirlarida AQSh cheklovlarni sekin-asta olib tashlashni boshlaganda kasallanishlar soni birdaniga ko‘payib ketganiga ishora qilgan. Krilichning fikricha, yetarlicha himoya, test, dori-darmonlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozim.

Shifokor, shuningdek, gripp bilan kasallanishlar avj olganda butun dunyo infeksiyaning uchinchi to‘lqiniga duchor bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

«Koronavirus bamisli uch pardali sahna asari: hozir ikkinchi qismidamiz, hali uchinchisi ham bor...», — dedi u.

Krilichning ta’kidlashicha, yangi to‘lqinlarning boshlanishi ko‘pgina omillarga bog‘liq: vaksina yaratilishi, odamlarning xavfsizlik qoidalariga qanchalik amal qilishi va hokazo.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring