Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2022. Argentina chorak finalda, Messidan gol

JCh-2022. Argentina chorak finalda, Messidan gol

Jahon chempionatining 1/8 finalida oson g‘alaba qozonishi taxmin qilingan Argentina OFK jamoasiga qarshi jiddiy ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi.

Argentinaliklar Messi va Alvaresning gollari evaziga g‘alabaga erishdi. Ammo Avstraliya so‘nggi soniyalargacha nomdor raqibiga qarshi munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Hatto bir bor to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi ham.

Argentina — Avstraliya 2:1
Gollar: Messi (35), Alvares (57) — Fernandes (77, avtogol).

Argentina – Emiliano Martines, Molina (Montel, 80), Otamendi, Romero, Akunya (Talyafiko, 72), De Paul, Mak Allister (Palasios, 80), Fernandes, Gomes (Lisandro Martines, 50), Messi, Alvares (Lautaro Martines, 71).

Avstraliya – Rayan, Degenek (Karachich, 72), Suttar, Roulz, Bexich, Makgri (Gudvin, 58), Muy, Bakkus (Xrustich, 58), Irvayn, Lekki (Kuol, 72), Dyuk (Maklaren, 72).

Ogohlantirishlar: Irvayn (15), Degenek (38).

Endi Argentina chorak final bosqichida Niderlandiya bilan o‘ynaydi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring