Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto:«UzDaily.uz»

31-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Xalk deputatlari Yakkabog‘ tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bergan. 

Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan Safarov Abdirasul Eshtemirovich Yakkabog‘ tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiya ishida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ishtirok etib, nutq so‘zlagan.

Safarov Abdirasul Eshtemirovich 1965-yil 15-fevralda Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 1989 yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.

Avvalroq, Yakkabog‘ tumanining oldingi hokimi va prokurori lavozimdan chetlatilgani, hokim o‘rinbosari Mansur To‘ymayevga jinoiy ish ochilgani xabar qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring