Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyaga 95 mamlakat madad qo‘lini cho‘zdi

Turkiyaga 95 mamlakat madad qo‘lini cho‘zdi

Foto: Day.az

Turkiya zilzila oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 95 mamlakatning yordam taklifini qabul qildi. Ayni paytda 6,5 ming nafar chet ellik qutqaruvchilar bu yerdagi qidiruv-qutqaruv ishlarida qatnashmoqda. Ushbu ma’lumotlarni Bloomberg e’lon qildi.

Bevosita zilzila yuz bergan hududda 53 mamlakat qutqaruvchilari ishlashyapti. Yana 2,4 ming nafar qutqaruvchi tez orda turkiyaliklarga yordamga yetib kelishi kutilmoqda.

Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilar otryadi 7-fevral kuni Hatay viloyatining Ovakent qishlog‘ida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagandi.

Bugun, 9-fevral kuni Turkiyaga O‘zbekistonning 71 kishidan iborat qo‘shimcha qidiruv-qutqaruv (harbiylar) va tibbiyot xodimlari guruhi yetib borgan. Shuning barobarida navbatdagi insonparvarlik yordami ham jo‘natildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring