Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq vazir Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Sobiq vazir Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan Azim Ahmedxo‘jayev Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi.

U Jizzax viloyatida investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalariga javobgar bo‘ladi.

Azim Ahmedxo‘jayev bungacha O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring