Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat sakkizinchi yalpi majlisini chaqirdi

Senat sakkizinchi yalpi majlisini chaqirdi

Foto: Senat axborot xizmati

2020-yil 19-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisini 2020-yil 21-oktyabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. 

«Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «Jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, Jizzax viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini eshitish ham nazarda tutilgan.

Qolaversa, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishi holati yuzasidan Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati, qolaversa, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nogironlikni aniqlash masalalari borasida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring