Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanayev o‘rniga yangi hokim tayinlandi

Sanayev o‘rniga yangi hokim tayinlandi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qamashi tumani hokimi Sherali Sanayev Mirishkor tumaniga hokim etib tayinlangandi. 

Bugunning o‘zida Xalq deputatlari Qamashi tumani kengashining ham navbatdan tashaqari yig‘ilishi o‘tkazilib, Tog‘ayev Botir Normahmadovich tumani hokimi etib tayinlandi, deya xabar berdi Qashqadaryo viloyati hokimligi. 

B.Tog‘ayev 1976-yilda Kitob tumanida tug‘ilgan. U 2001-2015-yillar davomida viloyatning Shahrisabz, Kitob va Kasbi tumanlarida ham qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida faoliyat olib borgan.

Bugungacha Vazirlar Mahkamasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring