Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning vakolati tugatildi

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning vakolati tugatildi

Foto: «Xs.uz»

Bugun Qonunchilik palatasi Markaziy saylov komissiyasining 8 nafar yangi a’zolari nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi.

Bular:

  • Ergash Yusupov, Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi;
  • Zayniddin Nizomxo‘jayev, Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari;
  • Aleksandr Farmonov, «O‘zelektroapparat» AJ boshqaruv raisi maslahatchisi;
  • Muyassar Qodirova, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati mas’ul tashkilotchisi;
  • Bahrom Qo‘chqorov, Adliya vaziri o‘rinbosari;
  • Shuhrat Jo‘rayev, pensiyada;
  • Orifjon Bozarov, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori;
  • Alisher Usmonqulov, Jizzax politexnika instituti rektori.

Shuningdek, MSKning 7 nafar a’zosi vakolatlari tugatildi:

  • Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov, Markaziy saylov komissiyasining Raisi;
  • Janabay Sodiqov, huquqshunos;
  • Otagaldi Bobojonov, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Xalq qabulxonasi mudiri;
  • Muhayyo Jo‘rayeva, «Hunarmand» uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i;
  • Esanbay Rajabov, Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlapi birlashmasi paisi maslahatchisi;
  • Erkin Xo‘jaqulov, Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudining raisi;
  • Jalil Norov (marhum).

«Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov 16 yildan buyon Markaziy saylov komissiyasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Demak, joriy yilgi prezidentlik saylovlarini boshqa shaxs MSK raisi sifatida o‘tkazadi», deya izohladi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring