Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy saylov komissiyasi Toshkentdagi holat bo‘yicha bayonot berdi

Markaziy saylov komissiyasi Toshkentdagi holat bo‘yicha bayonot berdi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda 14-Toshkent shahar referendum okrugi 772-uchastkasida ayol kishi bir nechta byulletenlarni ketma-ket belgilab turgan holatdagi videosi tarqaldi.

Mazkur xabar yuzasidan zudlik bilan Markaziy saylov komissiyasi vakillari holatni joyiga chiqib o‘rganishdi, deyiladi rasmiy xabarda.

Aniqlanishicha, mahalla faoli va referendum uchastka komissiyasi a’zosi fuqaro T.N. o‘zboshimchalik bilan byulletenlardan 16 donasini olib, oila a’zolari nomidan referendum qonunchiligini buzgan holda ularga belgilar qo‘ygan. Ushbu holat joyida Komissiya raisi tomonidan aniqlanib, mazkur byulletenlar bekor qilinishi ta’minlangan va umumiy hisobdan chiqarilib, buzib qo‘yilgan byulletenlarga qo‘shilgan. Holat yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi nazoratida 14-Toshkent shahar referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda atroflicha o‘rganilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi referendum jarayonlarini qonuniylik prinsiplari asosida o‘tkazilishiga befarq bo‘lmaganliklari uchun jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring