Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qaysi viloyatda qarindoshlar o‘rtasida eng ko‘p nikoh tuzilmoqda?

Qaysi viloyatda qarindoshlar o‘rtasida eng ko‘p nikoh tuzilmoqda?

Foto: «Zen.yandex.ru»

Joriy yilning iyul-sentyabr oylarida FHDYo organlari tomonidan qarindosh bo‘lgan 675 nafar kelin-kuyovning nikohlari qayd qilindi.

Shundan, 285 nafar kelin-kuyov bir-biriga nisbatan xolavachcha, 172 nafari tog‘avachcha, 114 nafari amakivachcha va 104 nafari ammavachcha hisoblanadi.

Eng ko‘p qarindoshlar o‘rtasida nikoh qayd qilingan hududlar Surxondaryo (268 ta), Qashqadaryo (179 ta) va Sirdaryo (40 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Oila kodeksining 16-moddasiga asosan nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzish taqiqlanadi.

Mutaxassislar fikricha, yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh yurak-qon tomir kasalliklari tug‘ma turlari kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring