Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentlikka nomzod «boy»larga yangi soliq solishni taklif qildi

Prezidentlikka nomzod «boy»larga yangi soliq solishni taklif qildi

Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatov farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuvda o‘z dasturidagi taklif-tashabbuslar haqida ma’lumot berdi.

Xususan, qimmatbaho mol-mulk uchun soliq joriy etish, bunda miqdori qonun bilan belgilangandan yuqori uy-joy, avtotransport yoki boshqa mol-mulk mulkdorlaridan ushbu soliqning undirilishini nazarda tutish taklif  etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ulug‘bek Inoyatov «maktab solig‘i» joriy etish taklifini bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring