Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxtning havosi ifloslangan hududlari ma’lum qilindi

Poytaxtning havosi ifloslangan hududlari ma’lum qilindi

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zgidromet» Toshkent shahri tumanlarining havosi ifloslanishi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. 

23-iyul va 24-iyul tongida Toshkent shahrida ifloslantiruvchi moddalarning o‘rtacha sutkalik konsentratsiyalari sanitariya me’yorlaridan oshmagan.

Kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra:

azot dioksidi bo‘yicha Yashnobod tumanida 3 ta, Qibray tumanida 2 ta ruxsat etilgan me’yordan yuqori holat kuzatildi.

Boshqa tumanlarda ifloslantiruvchi moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan oshmadi.

28-iyul va 29-iyul tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning saqlanishiga imkoniyat yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring