Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Gvardeyskiy GAIdagi holat»ga izoh berildi

«Gvardeyskiy GAIdagi holat»ga izoh berildi

Internet tarmog‘ida «Gvardeyskiy GAIdagi holat» sarlavhali video tarqaldi. Videoda Toshkent shahar IIBB YHXB tumanlararo imtihon bo‘linmalaridan birida hosil bo‘lgan navbat aks etgan. Mazkur fakt bo‘yicha IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Prezidentning «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining «Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida»gi Qaroriga ko‘ra yurtimizda raqamli iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Shu jumladan, 2021-yilning 14-sentyabr kuni ma’muriy amaliyot tizimlari va transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi ustidan ishlar o‘tkazildi. Ishlar yakunlanmagani sababli 17-sentyabrdan 19-sentyabrga qadar hamda 24-sentyabr va 25-sentyabr kunlari tizimning O‘zbekiston Respublikasi IIV axborot bazalari bilan almashish serveri faoliyatida uzilishlar kuzatildi. Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, deyiladi IIBB izohida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring