Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lacetti» bilan «Nexia» to‘qnashdi: bittasi yonib ketdi

«Lacetti» bilan «Nexia» to‘qnashdi: bittasi yonib ketdi

Foto: YHXB

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Sebzor chorrahasida «Nexia» avtomobili yonib ketganligi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Joriy yilning 13-oktyabr kuni soat 22:30 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Nurafshon-Sebzor» ko‘chalari kesishgan chorrahada 1989-yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.M. boshqaruvidagi «Lacetti» hamda 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi D.Q. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va «Nexia» avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in bartaraf etilgan. To‘qnashuv va yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring