Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Osh mojarosi»: Murod Nazarov NestOne oldidagi hodisaga izoh berdi

«Osh mojarosi»: Murod Nazarov NestOne oldidagi hodisaga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nest One binosi qurilishida ishlab kelayotgan quruvchilar bir necha oydan buyon oylik maosh olishmagani uchun yo‘lni to‘sib qo‘ygani aks etgan videolar tarqalgan.

MURAD BUILDINGS kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov o‘z Instagram sahifasida bu holatga izoh bergan.

«Vahimaga o‘rin yo‘q. NestOne’da tinchlik. Ish davom etmoqda. Osh hammaga yetmagan bo‘lsa, shunday vahima qilish shartmi? Osh qilib, baloga qoldim», degan u.

Murod Nazarov qanaqa osh haqida gap ketayotgani va odamlar nega katta yo‘lni to‘sib qo‘yganiga izoh bermagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring