Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nest One o‘z eshiklarini ochdi (video+foto)

Nest One o‘z eshiklarini ochdi (video+foto)

Toshkentda mamlakatdagi ilk osmono‘par bino — 267 metrli Nest One dastlabki yashovchilarni kutib olishga tayyor.

Butun poytaxt manzarasi ko‘rinib turuvchi restoran, hashamatli xonadonlar va rezidentlar uchun 33 ta jamoat hududlari: O‘zbekistondagi eng baland osmono‘par bino — Nest One mehmonlar uchun o‘z eshiklarini ochdi.

Keyingi yillardagi eng shov-shuvli loyiha — ko‘p funksiyali Nest One osmono‘par binosi qurilishining yakunlanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Nest One jamoasi va jurnalistlar, blogerlar, inflyuenserlar qatnashdi.

Tantanali tadbir Nest One muassislari — Murad Buildings asoschisi Murad Nazarov va Ozguven asoschisi O‘zgur Onur O‘zgyuvenning qutlovlari va tabrik so‘zlari bilan boshlandi. Ular bunday olamshumul loyihani ro‘yobga chiqarish fikriga qanday kelganliklari, loyihalashtirish va qurilishga qancha kuch va vaqt ketgani, murakkab pandemiya davrini qanday bosib o‘ta olganlari va zimmalaridagi majburiyatni ado etganlari haqida so‘zlab berdilar.

Majmua alohida ekotizim sifatida o‘ylangan bo‘lib, shaharning ajoyib manazarasi namoyon bo‘luvchi premial xonadonlar, ofislar va 33 ta jamoat hududlari: do‘konlar, restoranlar, bolalar maydonchalari, qishki bog‘, dam olish va sport bilan shug‘ullanish hududlarini o‘zida jamlaydi.

O‘zbekistondagi eng baland turar joy binosi — balandligi 267 metr, ellikdan ziyod qavat, 27 000 tonna temir, 150 000 tonna beton va 1000 dan ziyod insonning tunu-kun qilgan mehnati.

Zamonaviy va xavfsiz osmono‘par bino

Osmono‘par bino qurilishi 2019 yilda boshlandi va bugungi kunda Nest One — bu orzular amalga oshadigan maskan.

Ushbu inshoot ilk bora qo‘llanilgan ko‘plab novatorlik konsepsiyalarini uyg‘unlashtiradi, barcha ishlatilgan materiallar va yechimlar jiddiy asosga va murakkab muhandislik hisob-kitoblariga ega.

Imoratda eng so‘nggi jahon texnologiyalari qo‘llanilgan va bugungi kunda dunyodagi eng xavfsiz osmono‘par binolardan biri sanaladi. Yong‘in xavfsizligi barcha xalqaro standartlarni inobatga olgan holda loyihalangan. Binoning tashqi fasadini bezashda o‘tga chidamli materiallardan foydalanilgan. Binoning ichki tarafida eng zamonaviy tutun sezish tizimi o‘rnatilgan, sezgir datchiklar tufayli u sanoqli soniyalarda muammo haqida signal yo‘llaydi va yong‘inga qarshi himoya tizimini ishga tushirishga buyruq beradi.

Evakuatsiya yo‘llari ventilyasiya tizimining oqilona rejalashtirilgani va makonning germetikligi tufayli tutun to‘lib qolishidan puxta himoyalangan. Binoda yong‘inga qarshi liftlar, avariyaviy yoritish tizimi ko‘zda tutilgan, avariyaviy elektr energiyasi generatorlari o‘rnatilgan.

Nest One mehmonlarni kutib oladi

Muassislar ko‘chmas mulk sohiblari intiqlik bilan kutgan yangilikni e’lon qildi: xonadonlar, ofislar va riteyl-hududlar egalariga kadastr hujjatlarini bosqichma-bosqich taqdim etish boshlandi.

O‘zbekistondagi birinchi osmono‘par mamlakatdagi eng baland turar joy binosi bo‘ldi. All Inclusive xizmatlar konsepsiyasi asosida bunyod etilgan binoda jami 1029 ta xonadon va 29 ta tezyurar lift mavjud. 20 ta VIP-xonadon shundoqqina bulutlar ostida, 41- va 50- qavatlar oralig‘ida joylashgan. Aksariyat shohona apartamentlar allaqachon sotib olingan va ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

Ko‘p qavatli «shahar ichidagi shahar» taqdimoti A bloki bo‘ylab ekskursiya bilan davom etdi. Mehmonlar bir nechta ahamiyatli joylarda bo‘ldilar, u yerda ushbu ko‘p funksiyali majmuaning xususiyatlari haqida so‘zlab berildi.

1-qavat, kirish guruhi va tijorat makonlari. Bu yerda — asosiy kirishda networking uchun maydonlar va do‘konlar joy oladi, ular shoping, premial restoranlar va kafelar ishtiyoqmandlarini jalb qiluvchi maskan bo‘ladi.

28-qavat, Sky walk. Qavat perimetri bo‘ylab yugurish yo‘lakchasiga ega sport makoni, bu yerda Nest One yashovchilari va rezidentlari shahar va Tashkent Cily bog‘ining ajoyib manzarasidan bahra olgan holda, kardio-mashg‘ulotlar, yoga yoki pilates bilan shug‘ullanishi mumkin.

Bundan tashqari, majmuaning ikkinchi va uchinchi qavatlarida yopiq suv havzasi va SPA -majmualarga ega fitnes-markaz, qishki bog‘, bir nechta bolalar o‘yin maydonchalari, kinozal, play-station hududi, karaoke joylashgan.

44-qavat, Sky Villas shourumi. «Samodagi villalar» — bu derazasidan ajoyib manzara ko‘rinib turuvchi premial apartamentlardir. Shourum-xonadon interer modasining oxirgi talablariga muvofiq jihozlangan va qulay dizaynerlik hamda texnologik yechimlar bilan to‘lgan.

48- va 52- qavatlar — tomosha terrasalari va osmono‘par binoning eng yuqori nuqtasida Toshkent va tog‘larning maftunkor manzaralaridan zavq olish mumkin.

Har kim rezident bo‘la oladi

Endi har kim O‘zbekistondagi ilk Nest One osmono‘parining yuqori qavatlarida joylashgan hashamatli rezidensiyalar egasi bo‘lishi mumkin.

Ammo, qayd etilishicha, shahar kaftdek namoyon bo‘ladigan apartamentlar soni cheklangan. Nest One’da xonadonni 10 yil muddatga, chegaralanmagan kreditlash summasi bilan ipotekaga xarid qilish mumkin, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun esa, faqat pasport bo‘lsa, kifoya.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring