Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NestOne qurilishida 739 ishchiga vaqtida maosh berilmagani aniqlandi

NestOne qurilishida 739 ishchiga vaqtida maosh berilmagani aniqlandi

Foto: Xabar.uz

NestOne binosi oldida odamlar to‘planishi bilan bog‘liq holat bo‘yicha Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan.

O‘rganish davomida bugun, 17 may kuni NestOne osmono‘par binosida Ozguvn mimarlik inshaat MChJ XKning 312 nafar ishchisi hamda Ozguven tasarim mimarlik insaat sanayi ve ticar PUning 427 nafar ishchisi 2022 yil aprel oyi uchun ish haqlari vaqtida to‘lanmagani aniqlangan. Bugunning o‘zida muammo hal qilingan.

Kelgusida bunday qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida yuqoridagi xorijiy korxona rahbari Guven Mehmetra nomiga yozma ko‘rsatma berilgan.

Eslatib o‘tamiz, MURAD BUILDINGS kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov o‘z Instagram sahifasida bu holatga izoh bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring