Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIV YHXBB: «Taksida yo‘lovchi tashishga hali ruxsat yo‘q»

IIV YHXBB: «Taksida yo‘lovchi tashishga hali ruxsat yo‘q»

Foto:«Xabar.uz»

Taksi haydovchilariga yo‘lovchi tashish faoliyatini olib borishga hali ruxsat berilgani yo‘q, ular faqat yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin, deya xabar bergan IIV YHXBB axborot xizmati.

Toshkent shahar YHXBB tomonidan taqdim etilgan videolavhada ham taksi haydovchilariga hali yo‘lovchi tashish faoliyatini olib borishga ruxsat etilmagani, shunga qaramay ayrimlar ushbu cheklovga rioya qilmasdan yo‘lovchi bilan harakatlanayotgani qayd etilgan deb yozadi «Daryo».

YPX inspektori Akbar Hakimovning aytishicha 30-aprel kuni Toshkent shahrida Nexia rusumli mashina haydovchisi to‘xtatilganda uning avtomobilida yo‘lovchi ham borligi aniqlangan. Haydovchi yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hujjatlarga ega bo‘lgan, biroq salonda yo‘lovchining borligi karantin qoidalari buzilganini anglatadi.

Videoda haydovchi salondagi yigitning «mazasi bo‘lmagani» iltimos qilgani uchun uni manziliga eltib qo‘yishga rozi bo‘lganini aytadi. Yo‘lovchi ham taksini «Yandeks» ilovasi orqali chaqirgani, o‘zining ishga borib kelishga hujjati borligi, haydovchidan iltimos qilib, uning mashinasiga o‘tirganligini tan olgan.

Vaholanki, karantin qoidalari yumshatilishi sabab, maxsus komissiya qarori asosida yo‘lovchi tashishga ham ruxsat berilgani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring