Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadagi hudud migrantlar uchun yangi taqiq joriy etdi

Rossiyadagi hudud migrantlar uchun yangi taqiq joriy etdi

Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida migrantlarning taksida ishlashiga taqiq qo‘yildi. 

Rossiyaning yana bir hududida migrantlarning taksida ishlashi taqiqlanadi. Ularning jamoat transportida ishlashiga cheklovlar allaqachon Rossiyaning 10 dan ortiq mintaqalarida amal qiladi.

Shunday qilib, taqiq Kamchatka o‘lkasida joriy etildi, deb yozdi viloyat rahbari Vladimir Solodov o‘zining Telegram-kanalida.

Qaror joriy yilning bahori oxirigacha kuchga kiradi va Kamchatkada patent bo‘yicha ishlayotgan xorijliklarga nisbatan qo‘llaniladi. Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rilgan chora taksichilik faoliyatini yanada xavfsizroq qiladi. Solodov buni «mintaqada turli jinoyatlarga qo‘l urayotgan migrantlar taksida ishlayotgani» bilan izohladi.

Ilgari xuddi shunday taqiq Novosibirsk, Samara, Tula, Magadan, Chelyabinsk, Kaluga va Tyumen viloyatlarida, shuningdek, Yakutiya va Qrimda ham qabul qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring