Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIV uysizlarga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildiradi

IIV uysizlarga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildiradi

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqamasi muqim turarjoyga ega bo‘lmaganlar markaziga kiyim-kechak, oyoq kiyim, shaxsiy gigiyena vositalari, kitoblar va yegulik keltirib, yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildiradi. Ko‘rsatilayotgan yordam qanday taqsim qilinayotgani haqida yaqinda Gazeta.uz saytida chop etilgan «Toshkentdagi uysizlar boshpanasiga odamlar qanday qilib tushib qoladi va boshpana faoliyati uchun pul va moddiy ta’minot yetarli darajadami» maqolasida ma’lumot berilgan edi.

Maqola muallifi - har doim markazga ko‘ngilli tarzda yordam berib keladigan inson shunday deydi: «ko‘ngilli odam markazga bir oyda bir marta kelishi mumkin. Ammo boshpanaga uysiz odamlar muntazam ravishda kelib turadi va ularning barchasini kiyim-kechak, oyoq kiyim va yangi hayot boshlash uchun boshqa narsalar bilan ta’minlash lozim».

Darhaqiqat, faqat aprel oyining 10 kunida - 9 apreldan 19 aprelga qadar boshpanaga 1039 uysiz odam murojaat qilgan.Markazga kelayotganlar tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, ularning tashqi ko‘rinishi tartibga keltiriladi - sochlari kaltalanadi, cho‘milish uchun imkon yaratiladi va toza kiyim beriladi. Ularning 624 nafarida hujjat yo‘q, ammo ro‘yxatga qo‘yilgan uy va qarindoshlar mavjud bo‘lgan. Ular bilan olib borilgan muzokaralardan so‘ng uysizlar oilaga qaytarildi. 415 kishidan yana 312 nafari o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng markazda qoldirildi. Boz ustiga uysizlar boshpanasiga viloyatlardan kelgan 312 kishi murojaat qilgan. Ularning 204 nafari ro‘yxatdan o‘tgan uylariga qaytariladi.

Bugungi kunda markazda umumiy hisobda 477 kishi bor. Ulardan 155 nafari o‘z ixtiyoriga ko‘ra bu yerda yashab kelmoqda. Jar yoqasiga kelib qolgan va bu yerdan boshpana topgan har bir insonning orzusi bitta: hayotini yangidan boshlash. Ammo ularga nafaqat IIBB, balki jamoatchilik yordami ham kerak.

Yordam berishni istagan har bir inson Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Chashma ko‘chasi, 3-uy manziliga murojaat qilishi mumkin. Telefon raqami: +998983680708. Moddiy yordam berish istagi bo‘lgan, ammo markazga kelish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlar esa +998983102901 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring