Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Baxti Tashkentskiy»ning o‘g‘li va yana besh kishi qo‘lga olindi

«Baxti Tashkentskiy»ning o‘g‘li va yana besh kishi qo‘lga olindi

Toshkent shahrida bir qator jinoyatlarni sodir etishda gumonlangan olti nafar shaxs qo‘lga olindi.

IIBB axborot xizmati xabar berishicha, ular orasida Qudratullayev Ixtiyor Baxtiyor o‘g‘li ham bor bo‘lib, u «Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevning o‘g‘li hisoblanadi. U Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan gumonlanib qo‘lga olingan.

Poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning «Dolzarb qirq kunligi» doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan yana besh kishi ushlanib, gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan:

Zafarov Begzod Baxtiyorovich (1994 yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik)

Jumaniyazova Nargiza Rustamovna (1983 yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik);

Badalov Jahongir Jo‘rayevich (1975 yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 1-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik, firibgarlik);

Sulaymonqulov Sherali Ro‘ziyevich (1978 yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);

Tursunboyev Akmaljon Narimon o‘g‘li (1995 yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik).

Tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Fuqarolar agar ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsa yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsa, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 Telegram raqamiga murojaat qilishi so‘ralgan. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi, deyiladi IIBB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «Baxti Tashkentskiy» laqabli Baxtiyor Qudratullayev ham dekabr oyi boshida qo‘lga olingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring