Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ichki ishlar vazirligi hududiy tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirligi hududiy tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

Polkovnik Sayfulov Rustam Amirovich Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Zakirov Jamshid Baxtiyorovich Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Shuningdek, podpolkovnik Adhamov Ahrorjon Xalimjonovich Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Badalov O‘tkir Karimovich Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Podpolkovnik Toirov Farrux Salomovich esa Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring