Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haj va umra vazirligi bilan kelishuv imzolandi

Haj va umra vazirligi bilan kelishuv imzolandi

Shu yil 7 yanvar kuni Jidda shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtirokida o‘zaro aloqalarning istiqbollari hamda «Haj – 2024» mavsumini yuqori darajada tashkil etish masalalari muhokama etilgan. 

Haj va umra vaziri so‘nggi yillarda O‘zbekiston eng yaxshi natijalarga erishayotgani va jadal taraqqiy etayotganini ta’kidladi.

Muloqot yakunida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Haj va umra vazirligi o‘rtasida muborak safarlarni yanada yaxshilash yuzasidan kelishuv imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring