Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pasportlar indeksi yangilandi: «o‘zbek pasporti»ning kuchi qancha? (reyting)

Pasportlar indeksi yangilandi: «o‘zbek pasporti»ning kuchi qancha? (reyting)

Foto: «Aziya-Plyus»

«Henley & Partners» kompaniyasi eng kuchli pasportlar indeksini yangiladi.

Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya pasportlari bu indeksda birinchi o‘rindan joy oldi. Bu mamlakatlarning fuqarolari vizasiz yoki muddatli viza bilan 189 mamlakatga kiritiladi.

Germaniya fuqarolari uchun esa 188 mamlakat ochiq.

Uchinchi o‘rindan besh mamlakat o‘rin oldi: Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Italiya va Shvetsiya (187 mamlakat).

Buyuk Britaniya pasporti «kuchlilar reytingi»da beshinchi (185 mamlakat), AQShniki oltinchi (184 mamlakat) o‘rinda.

Eng oxirgi — 104-o‘rinda Iroq va Afg‘oniston, urush olovi so‘nib ulgurmagan bu mamlakatlarning fuqarolari jahondagi 30 mamlakatga vizasiz qo‘yiladi.


Mavzuga oid: Eng «kuchli» pasportlar e’lon qilindi. Biz nechanchimiz? (reyting)


O‘zbekiston

«O‘zbek pasporti» uchun jahonning 58 mamlakati ochiq — o‘tgan safar 80-o‘rinda edik, hozir 81-o‘rindamiz...


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring