Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chust tumaniga yangi hokim tayinlandi

Chust tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun xalq deputatlari Chust tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda tumanga yangi hokim tayinlandi. 

Deputatlar Namangan viloyati hokimining Hamdamov Bekzod Ismoilovichni Chust tumani hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan ma’qulladilar. Bekzod Hamdamov 2020 yil iyul oyidan buyon tumanga rahbarlik qilib kelayotgandi. 

Shuningdek, deputatlar Bekzod Hamdamovni xalq deputatlari Chust tumani kengashi deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qilish haqidagi arizasi yuzasidan kengash qarorini ham tasdiqladilar.

Shundan so‘ng,  viloyat rahbari Chust tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod - Salimjonov Baxtiyorjon Raximjonovichni tanishtirdi.

Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring