Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda cho‘kayotgan bolani qutqargan Milliy gvardiya xodimi taqdirlandi

Buxoroda cho‘kayotgan bolani qutqargan Milliy gvardiya xodimi taqdirlandi

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Buxoro viloyati Kogon tumanidagi Bahouddin Naqshband majmuasiga qarashli Bibi Orifa qadamjosida joylashgan hovuzga sakkiz yoshli bola cho‘kayotganda Milliy gvardiya xodimi xodimi D. Xo‘jayev qutqarib qolgani xabar berilgandi.

«Xalq so‘zi»ning yozishicha, ushbu xodim viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbari, to‘rtinchi sektor rahbari Sh. Ashurov tomonidan munosib taqdirlandi. U shu sektor hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush holatning oldini olgani uchun Dadaxonga, shunday farzandni tarbiyalagani uchun uning ota – onasiga minnatdorlik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring