Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir kotibiyati rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Bosh vazir kotibiyati rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Nusratbek Davronqulovich To‘ychiyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Davron Narimovich Qalandarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Shuhrat Muhamadjonovich Sodiqov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh vazir kotibiyati rahbari tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring