Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Andijoncha spektakl» ishtirokchilariga nihoyat uy berildi

«Andijoncha spektakl» ishtirokchilariga nihoyat uy berildi

Foto:«Auz.uz»

Joriy yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlar va OAVda Andijon viloyati hokimligi olti nafar sex ishchisiga yangi qurilayotgan kottejlardan sovg‘a sifatida berilishini ma’lum qilib, va’dacida turmagani haqidagi xabarlar keng muhokamaga sabab bo‘lgandi.

«Auz.uz» saytining xabar berishicha, O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi tantanalari arafasida Xurshida Tillayeva, Muyassar Rahimova, Dilfuza Teshaboyeva, Shohista Bakirova, Mehrinoz Abduvaliyeva, Hayriniso Ermatovalar va’da qilingan xonadonlarga ko‘chib kirishgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur masalaning ijobiy yakun topishi yo‘lida qator OAVlarda chiqishlar qilingan edi.

16-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Andijonga tashrif buyurganida «O‘zbekiston 24» telekanali muxbiriga xursandligidan yangi uyga ko‘chib o‘tganligini aytish mutasaddilar tomonidan tayinlangan. U esa quvonganidan intervyu bergan va bu efirga uzatilgan. Ammo Prezident viloyatdan poytaxtga qaytishi bilan ayoldan uy olib qo‘yilgan. Shuningdek, davlat rahbariga «uy berilgan» deya ko‘rsatilgan 6 ayoldan ham uy qaytarib olingani iddao qilingandi.

Hatto Bosh prokuratura Andijon shahrida bir necha ayollarni bepul kottej olganligi to‘g‘risida intervyu berishga majburlangani haqida OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan hamda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan xabarlardagi vajlar o‘rganib chiqilgani yuzasidan bayonot bergan edi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring