Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki Polsha banki bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Xalq banki Polsha banki bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Foto: Xalq banki matbuot xizmati

Xalq banki Boshqaruvi raisi Abdurasul Abdullayev boshchiligidagi bank vakillari Polsha Respublikasining «Bank Gospodarstwa Krajowego BGK» banki rahbarlari uchrashdilar. Bu haqda Xalq banki matbuot xizmati xabar berdi.

Ushrashuv davomida banklar o‘rtasida ikki tomonlama aloqalar o‘rnatish, jumladan bank vakillik hisob varaqlarini ochish hamda investitsion loyihalarni va savdoni moliyalashtirish uchun kredit liniyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

«Bank Gospodarstwa Krajowego BGK» banki tomonidan mamlakatlar o‘rtasidagi chorvachilik tarmog‘idagi loyihalarni moliyalashtirish masalasiga qiziqish bildirilib, tomonlar ushbu yo‘nalishda hamkorlik o‘rnatishga kelishib olishdi.

Ta’kidlash lozimki, «Bank Gospodarstwa Krajowego BGK» 1924-yilda tashkil etilgan eng yirik Polsha davlat banklaridan biri bo‘lib,asosiy faoliyati kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, uy-joylar uchun arzon kreditlar ajratish va eksport bitimlarini moliyalashtirish hisoblanadi.

Shuningdek, xizmat safari davomida Polsha Respublikasining «Contractus», «Global Business Promotion Group», «Skybone», va «Przedsiebiorstwo Holstein» kabi chorvachilik sohasidagi yirik kompaniya rahbarlari bilan ham uchrashuvlar tashkil qilinib, kelajakda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring