Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

QQSning ortiqcha summasini qaytarish tizimi avtomatlashtiriladi

QQSning ortiqcha summasini qaytarish tizimi avtomatlashtiriladi

Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklarni yaratish, ayniqsa, eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida QQSning ortiqcha summasini qaytarishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqmoqda. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.

Bu orqali nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan QQSning ortiqcha summasini korxonalarning bank hisobvaraqlariga qaytarib berish jarayoni yanada soddalashtiriladi.

2020-yil 1-yanvardan to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan mazkur tizim korxonalarga qator quylayliklarni taqdim etadi.

Birinchidan, arizalarni va boshqa qo‘shimcha hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida bevosita DSQga taqdim etish tartibidan voz kechiladi.

Ikkinchidan, QQSni qaytarish jarayoniga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlar, ya’ni import va eksport bojxona yuk deklaratsiyalari, hisobvaraq-fakturalar, QQS hisob-kitoblari, eksport shartnomalari va korxonalar hisobvaraqlariga kelib tushgan valyuta mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda boshqa jadvallar tegishli davlat organlari ma’lumotlar bazasiga ulangan holda shakllantiriladi.

Uchinchidan, taqdim etilgan hujjatlarning o‘rganilish jarayonini soliq to‘lovchining «shaxsiy kabineti» orqali kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring