Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nemislar O‘zbekistonda mehmonxona, yo‘l va aeroport qurish uchun 4 mlrd. dollar sarflaydi

Nemislar O‘zbekistonda mehmonxona, yo‘l va aeroport qurish uchun 4 mlrd. dollar sarflaydi

Toshkent shahar hokimiyatida Germaniyaning «RIMC Hotels & Resorts Group» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Toshkentning tashrif qog‘oziga aylanadigan brend bino qurilishidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu haqda shahar hokimiyati matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Shu bilan birga poytaxtda «Etnopark» va premium-klass mehmonxonalar qurilishida «RIMC Hotels & Resorts Group» kompaniyasining ishtiroki etishi kutilmoqda.

«RIMC Hotels & Resorts Group» kompaniyasi rahbariyati o‘tgan safar O‘zbekistonga qilgan tashrifi davomida turizm sohasida yirik investitsiya loyihalarida qatnashishga kelishib olingan edi. Kompaniya 30 yillik faoliyati davomida dunyo bo‘ylab 200 dan ortiq mehmonxonalar qurilishida qatnashgan.

«RIMC Hotels & Resorts Group» kompaniyasi va uning hamkorlari Toshkentda mehmonxonalar qurilishidan tashqari, Samarqand, Buxoro va Xivada zamonaviy savdo va madaniy-ko‘ngilochar markazlar qurishni maqsad qilgan. Shu bilan birgalikda nemis hamkorlar avtomobil yo‘llari va aeroportlarni modernizatsiya qilishda ishtirok etadi.

«RIMC Hotels & Resorts Group» kompaniyasi O‘zbekistonda turizm sohasiga 4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritishni maqsad qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring