Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank xalqaro tashkilot a’zosi bo‘ldi

Markaziy bank xalqaro tashkilot a’zosi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish tashkilotiga (International Financial Consumer Protection Organisation – FinCoNet) a’zo bo‘ldi.

Ushbu tashkilot bilan hamkorlik moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish sohasida yetakchi bo‘lgan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini O‘zbekiston bank tizimiga joriy etish, a’zo davlatlar regulyatorlari bilan samarali muloqotni o‘rnatish, sohaga oid qonunchilik hujjatlari va amaldagi tartiblarni takomillashtirish, moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, xodimlar malakasini oshirish hamda ularning zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlash imkonini beradi.

Ma’lumot uchun: FinCoNet 2013 yilda notijorat uyushma shaklida tashkil etilgan. Hozirda mazkur tashkilotga moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 35 ta mamlakat regulyatori doimiy a’zo bo‘lsa, 6 ta xalqaro tashkilot kuzatuvchi maqomida qo‘shilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring