Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tungi klub oldidagi janjalda PPX xodimi jarohat oldi

Tungi klub oldidagi janjalda PPX xodimi jarohat oldi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatayotganligini aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 fevral kuni taxminan soat 23.30 larda Yunusobod tumanida joylashgan tungi klublardan birining oldida, 5 nafar (1991 y.t. B.X., 1992 y.t. N.Yo., 1991 y.t. Sh.J., 1974 y.t. M.I. va 1992 y.t. Sh.O.) shaxslar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, jamoat joyida mast holatda baqir-chaqir qilishib, fuqarolarning osoyishtaligini buzishgan.

 Hodisa joyiga mazkur hududga jalb qilingan PPX xodimlari yetib kelib, ushbu fuqarolarni tinchlantirib, vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida tuman IIO FMBga borishlarini taklif qilishgan. Biroq, fuqarolar IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatishgan. Natijada PPX inspektori D.Tolipov jarohat olgan.  

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Yunusobod tumani prokuraturasiga taqdim etilgan bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring