Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Shifokor jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Peshko‘ tuman Markaziy poliklinikasi shifokori K.J. 200 AQSh dollarini pora sifatida olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Quvvat Yarashov ma’lum qildi.

Shifokor K.J. vobkentlik fuqaro S.Nodiradan uni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirish evaziga 200 AQSh dollari talab qilgan. Shu yilning 29-avgust kuni u «kelishilgan» pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan shifokorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring