Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imtiyozli kredit va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Imtiyozli kredit va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tadbirlarda imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar Ya.N. va M.S.lar 9 nafar fuqaroga bank muassasasida ishlovchi tanishlari orqali imtiyozli kredit olib berish evaziga fuqaro O. orqali jami 1 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.T. fuqaro D.ga o‘zini go‘yoki tijorat banki filiali xodimi deb tanishtirib, unga bank filialidan 240 mln so‘m imtiyozli kredit olib berish evaziga kredit miqdorining 10 foizi, ya’ni 24 mln so‘m talab qilib, shundan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring