Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘afur G‘ulom parki yonidan mashina olib qochishda gumondorlar qo‘lga olindi

G‘afur G‘ulom parki yonidan mashina olib qochishda gumondorlar qo‘lga olindi

Ichki ishlar organlariga 29 iyunda, tungi soat 22.00 atrofida 35 yoshli Toxir Yu. ismli shaxs murojaat qildi. U 1987 yilda tug‘ilgan Izzat T.ga tegishli «Spark» avtomobili noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘rilab ketilganini ma’lum qilgan.

«Spark» avtomobili Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom nomidagi dam olish maskani yonida, yo‘l bo‘yida qoldirilgan. Jabrlanuvchining ma’lum qilishicha, mashina qulflanmagan, kalit esa o‘t oldirish joyida qoldirilgan edi.

Shikoyat yuzasidan tezkor surishtiruv guruhi ishga tushdi. Kuzatuv kameralaridagi videoyozuvlar asosida uch nafar noma’lum shaxs mashinaga o‘tirgani va noma’lum yo‘nalishda ko‘zdan g‘oyib bo‘lgani aniqlandi. Gumondor shaxslar va o‘g‘irlangan mashina bo‘yicha ma’lumotlar IIVning barcha organlariga va shu jumladan YPX hamda PPX xodimlariga tarqatildi.

30 iyunda, tahminan tonggi 05.00da, oradan 7 soat o‘tgandan so‘ng PPX va Milliy gvardiya xizmatchilari Mirzo-Ulug‘bek tumanida olib borilayotgan kuzatuv chog‘ida ikki yigit va bir qizni uchratishadi. Ularning tashqi qiyofasi mashina o‘g‘irlashda gumondorlarga juda o‘xshar edi. Ammo ular mashinasiz edi. Shunday bo‘lsa-da gumondorlar darhol qo‘shimcha tekshiruv uchun Mirzo Ulug‘bek tumani IIBga olib kelinadi.

Gumondorlardan biri — 21 yoshli Qahramonxo‘ja M. tomonidan tan olinishicha, ular «Spark» avtomobili qulflanmaganidan foydalanib, olib qochishgan. So‘ngra ushbu avtomobilda Shayxontoxur tumanida YTH sodir etishgan va tashlab ketishgan.

Ushbu holat yuzasida O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 1 bo‘limi 267 moddasi bo‘yicha («Transport vositasini olib qochish») jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring