Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro viloyatida olib qochilgan avtomobil o‘z egasiga qaytarildi

Buxoro viloyatida olib qochilgan avtomobil o‘z egasiga qaytarildi

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 19-may kuni soat 01:00 larda «102» qisqa raqamiga fuqaro R.Hasan qo‘ng‘iroq qilgan. Shu kuni soat 00:30 larda Buxoro viloyati Jondor tumani Dalmun qishlog‘ida joylashgan yashash xonadoni darvozaxonasi oldida turgan «Spark» rusumli avtomashinasini noma’lum shaxs olib qochib ketganligini ma’lum qilgan.

Ushbu avtomashinani qidirib topish maqsadida viloyat miqyosida «To‘sib ushlash» tadbiri e’lon qilinib, barcha YPX maskanlariga, YHXB xodimlariga bu haqda xabar berilgan. Natijada R.Hasanga tegishli avtomashina Jondor tumani Oqrabot qishlog‘ida yashovchi 25 yoshli B.Ro‘zi tomonidan olib qochilganligi aniqlanib, avtomashina Beklar qishlog‘i hududidan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.Ro‘zi protsessual tartibda ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlik uchun Jinoyat kodeksida 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo qo‘llanilishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring